Mishustin O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Mishustin O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi . Bu haqda Rossiya Federasiyasining respublikadagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov Izvestiya nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi .

«Bu juda muhim, men aytardim, davriy tashrif», dedi diplomat.

Malginov tashrif chog‘ida migrasiya, energetika va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko‘tarilishi, bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni sezilarli darajada mustahkamlashi mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, kun tartibida energetika sohasidagi hamkorlik va turizmni rivojlantirish masalalari ham bor. Oxirgi yo‘nalishga kelsak, diplomatning qayd etishicha, Rossiya tomoni yangi reyslar ochilishini istisno etmaydi.

Malginovning ta’kidlashicha, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar faollashgani fonida G‘arb respublikaga bosim o‘tkazishga urinmoqda. Uning fikricha, bunday bosim usullaridan biri ikkinchi darajali sanksiyalardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!