Milliy aviakompaniya: 5 oydan so‘ng Pokiston va Hindiston havo hududidan o‘tish bo‘yicha barcha taqiqlar bekor qilindi

Milliy aviakompaniya: 5 oydan so‘ng Pokiston va Hindiston havo hududidan o‘tish bo‘yicha barcha taqiqlar bekor qilindi

Bugundan boshlab Pokiston va Hindiston havo hududidan o‘tish bo‘yicha barcha taqiqlar bekor qilingan.

Milliy aviakompaniya Dehli, Mumbay, Bangkok, Kuala Lumpur va Jakartaga reyslari optimal yo‘nalishlardan foydalanishni tiklamoqda. Qayd etilishicha, buning natijasida ushbu reyslar parvoz vaqti 2-3 soatga qisqaradi.

“Barchani bu quvonchli hodisa bilan tabriklaymiz va o‘tgan 5 oy davomidagi tushunish hamda sabr-toqat uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi aviakompaniya xabarida.

Ma’lumot uchun, Pokiston va Hindiston havo kengliklari 2019 yilning fevral-mart oylarida, ikki mamlakat o‘rtasida harbiy ziddiyat sababli yopilgan edi.

Manba: uz24.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!