«Million»ning banneri quladi: talabalar zo‘rg‘a qochishga ulgurgan (foto)

«Million»ning banneri quladi: talabalar zo‘rg‘a qochishga ulgurgan (foto)

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti darvozasi oldida «Million» jamoasining reklama banneri qulab tushgan. Bu haqda universitet talabasi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. Aytilishicha, banner talabalar darsga kelayotgan vaqtda qulagan, talabalar zo‘rg‘a qochishga ulgurishgan.

«Turon24»ning yozishicha, «Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimiyati mutaxassisi vaziyat nazoratga olinganligi, universitet atrofidagi boshqa reklama bannerlari holati jiddiy o‘rganilishi va kerakli choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!