AQSh Gruziyaga yordam taklif qilmoqda

AQSh Gruziyaga yordam taklif qilmoqda

Qo‘shma Shtatlar Gruziyaga G‘arbga qarshi ritorikasini o‘zgartirish va "antidemokratik yo‘ldan" voz kechish uchun yordam taklif qiladi.

Bu haqda Politico nashri, respublikachi Jo Uilsonning qonun loyihasiga tayanib yozmoqda. Hujjat shu hafta Kongressga taqdim etiladi.

Loyihaga ko‘ra, Vashington Tbilisi bilan iqtisodiy va harbiy yordam, jumladan, “Rossiya agressiyasidan himoyalanish” uchun xavfsizlik imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Dastur kuchga kirishi uchun Qo‘shma Shtatlar Gruziya "demokratiyani mustahkamlashda sezilarli muvaffaqiyat" ko‘rsatganini ta’minlashi kerak.

Nashrning qayd etishicha, xuddi shu qonun loyihasi chet el agentlari haqidagi qonunni qabul qilishda ishtirok etgan gruziyalik siyosatchilarga nisbatan sanksiyalar joriy etishni nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!