2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday tashkil etilmoqda?

2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday tashkil etilmoqda?

Ayni kunlarda issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari rejali amalga oshirilmoqda.

Tartib bo‘yicha elektr korxonalarida 24 soat davomida generasiya jarayonlari olib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, energiya qurilmalar barqaror ishlashini ta’minlash uchun rejali ta’mirlash ishlari bajarilishini talab etadi.

Ayni kunlarda “Angren IES” AJda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 5-sonli turbogenerator joriy ta’mirlanayotir. Ta’mirlash davomida mutaxassislar tomonidan turbogeneratorning asosiy va yordamchi qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Bu esa qurilmaning yanada ishonchli va barqaror ishlashiga muhim omildir.

Ma’lumot o‘rnida, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi korxonalarda 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga asosan 14 ta energoblok, 28 ta qozon qurilmasi, 7 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmasi va 1 ta turbogeneratorda mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Mavsumga tayyorgarlik joriy yilning fevral oyidan boshlangan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1 ta energoblok, 2 ta bug‘-gaz qurilmasi 3 ta qozon agregatida ta’mirlash ishlari yakunlandi. Ayni kunlarda 5 ta energoblok va 14 ta qozon agregatlarida ta’mir ishlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!