Amerika tomoni Eron prezidentining o‘limi haqida nima dedi?

Amerika tomoni Eron prezidentining o‘limi haqida nima dedi?

Vashington Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyotning qulashiga baxtsiz hodisa sabab bo‘lganini aytdi.

Amerika rasmiylari tashqi aralashuv belgilarini ko‘rmayapti. AQSh Senatidagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer shunday dedi. Uning so‘zlaridan NBC News iqtibos keltirmoqda.

«Vertolyot halokatga uchragan Eron shimoli-g‘arbiy qismida juda yomon, tumanli ob-havo bo‘lgan edi. Demak, bu baxtsiz hodisa bo‘lib ko‘rinadi, ammo ish haligacha to‘liq tergov ostida», — dedi Shumer.

Vashington vakilining so‘zlariga ko‘ra, provokasiya belgilari yo‘q. AQSh razvedkasi «nopok o‘yin» haqida hech qanday dalil yo‘qligini aytdi. Shumer, shuningdek, Vashington vaziyatni kuzatishda davom etishini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!