VAR bo‘lmaganida APL jadvali qanday ko‘rinish olardi?

VAR bo‘lmaganida APL jadvali qanday ko‘rinish olardi?

Bu mavsum ham Angliya futbolida yakuniga yetdi. "Manchester Siti" o‘z tarixida ketma-ket 4 marta chempionlikka erishib, rekord o‘rnatdi. Hali yangi APLda bunaqasi ro‘y bermagan edi. Shuningdek, bunda "shaharliklar"ga oxirigacha kun bermagan "Arsenal"ni ham ta’kidlab o‘tish joiz. Mavsumning 38 turlik yakuniy jadvali ma’lum. Ammo bu jadval VAR asosida shakllangan. Iyun oyida esa musobaqaning barcha 20 ta klubi VARni turnirdan olib tashlash borasida ovoz berishadi. Xo‘sh, agarda videotakror tizimi bo‘lmaganida, APL jadvali qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi. Bu haqida quyida fikr yuritamiz.

"Nyukasl Yunayted" yakuniga yetgan mavsumning eng katta VARdan zarar ko‘rgan klubiga aylanishi mumkin. Ha, Eddi Xau shogirdlarida hali ham Yevropa Konferensiyalar ligasida o‘ynash imkoniyati mavjud. Ammo buning uchun 25 may kuni Uemblida "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ga kubokni boy berishi kerak bo‘ladi. Agarda VAR bo‘lmaganida edi, hozir "Nyukasl" allaqachon yevrokuboklardan biriga yo‘llanma olgan bo‘lardi. SunSport nashri mavsum davomida VAR aralashib, o‘zgartirilgan qarorlarni tahlil qilib chiqdi. Unga ko‘ra, agarda videotakror bo‘lmaganida ham, APLning kuchli to‘rtligi o‘zgarishsiz qolardi. Lekin "Aston Villa" "Tottenxem"ni 2 ochko emas, balki 4 ochko ortda qoldirib ketgan bo‘lardi.

"Nyukasl" "Chelsi" bilan ochkolar borasida tenglashib olib, gollar nisbatiga ko‘ra 6 o‘rindan joy olardi. Bu esa, o‘z navbatida, endi "Chelsi"ning "MYu" mag‘lubiyatini kutishga majbur qilardi. Turnir jadvali quyisidagi 3 ta jamoa nomi ham VARsiz o‘zgarmasdi. Ammo "Luton Taun" faqat gollar farqi sabab Chempionshipga yo‘l olgan bo‘lardi.
"Brayton" tizim sababli 5 ochko yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi. Ammo jadvalda bu faqat 1 ta pog‘ona yuqorilashni anglatadi xolos. "Everton", "Nottingem" va "Fulxem" VARdan mavsum davomida 3 ochkolik "zarar" ko‘rgani ochiqlandi.

"Vulverxempton" klubi VARdan eng ko‘p aziyat chekkan klublardan biridir. "Bo‘rilar" jami 7 bor VAR aralashuvi sababli zarar ko‘rgan. "Chelsi" bilan videotakror tizimi aralashuviga oid jami 17 ta holat mavjud bo‘lib, ulardan 7 tasi jamoa foydasiga, 10 tasi esa zarariga ishlagan.
"Fulxem" va "Nottingem" VARsiz 5 ochkodan ayrilgan bo‘lardi. "Manchester Siti" esa doimgidek VARdan yaxshigina foyda ko‘rgan. "MYu" natijasi 1 ochkoga yaxshiroq bo‘lardi, agarda VAR bo‘lmaganida. "Qizil iblislar"ga 5 bor qarshi qaror qabul qilingan. Shuningdek, 5 marta Erik ten Xag shogirdlari tizimdan foyda ham ko‘rishgan. "Liverpul" videotakrorsiz ancha qiynalib qolishini VARsiz jadvaldan bilib olishingiz mumkin. "Byornli" va "Brayton"ga bu tizim na foyda, na zarar keltirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!