Milliarderlar qancha pullarining bahridan o‘tishdi?

Milliarderlar qancha pullarining bahridan o‘tishdi?

13 sentyabr, seshanba kuni dunyodagi eng boy milliarderlarning umumiy boyligi 93 milliard dollarga kamaydi. Bu AQShda avgust oyi uchun kutilganidan yuqori bo‘lgan inflyasiya ma’lumotlari e’lon qilinganidan so‘ng, AQSh qimmatli qog‘ozlar bozoridagi keskin pasayish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qqizinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Jeff Bezos (Amazon) Bloomberg Billionaires Index ishtirokchilari orasida eng katta zarar ko‘rdi: uning boyligi 9,8 milliard dollarga kamaydi. Ilon Maskning (Tesla) boyligi 8,4 milliard dollarga kamaydi. Mark Sukerberg (Meta), Larri Peyj Alphabet (Google), Sergey Brin Alphabet (Google) va Stiv Ballmer (Microsoft) 4 milliard dollardan, Uorren Baffet (Berkshire Hathaway) va Bill Geyts (Microsoft) mos ravishda 3,4 milliard va 2,8 milliard dollar yo‘qotdi.

Bu bozorlar va milliarderlar uchun bu yilgi og‘ir kunlarning navbatdagisi. O‘tgan oy xuddi shu amerikalik milliarderlar guruhi 26 avgust kuni AQSh Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauellning sakkiz daqiqalik nutqidan so‘ng bir kun ichida 78 milliard dollar yo‘qotdi.

Umuman olganda, bugungi kunda dunyodagi eng badavlat 500 kishining boyligi yil boshidagiga nisbatan qariyb 1,2 trillion dollarga kam. Sukerberg 68,3 milliard dollar yo‘qotib, boyligining taxminan 54 foizini yo‘qotdi, Binance bosh direktori Changpeng Chjao esa 61 milliard dollar yoki barcha pullarining 64 foizini yo‘qotisha ulgurdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!