Migrantlar uchun imtihon yangi topshiriqlar bo‘yicha o‘tkaziladi

Migrantlar uchun imtihon yangi topshiriqlar bo‘yicha o‘tkaziladi

1 avgustdan Rossiyada yashash va ishlashni rejalashtirayotgan xorijliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon yangi topshiriqlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu haqda Rosobrnadzor matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi topshiriqlarni Pedagogik o‘lchovlar federal instituti (FIPI) ishlab chiqqan.
Imtihon chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun uch darajada o‘tkaziladi: ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent, vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) va yashash guvohnomasini (VNJ) olish uchun.
Rus tilidan imtihon og‘zaki va yozma shaklda, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslaridan esa test, jumladan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda olinadi.
FIPI saytida testlarning namoyish uchun belgilangan variantlari bilan tanishish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!