Metroda sobiq polisiyachi ayolni zo‘rlashdi

Metroda sobiq polisiyachi ayolni zo‘rlashdi

Moskva metrosida sobiq polisiyachi ayol zo‘rlandi, gumonlanuvchi ushlandi.

Manbalarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralarida xizmat qilgan 34 yoshli jabrlanuvchi Trubnaya stansiyasidan Svetnoy bulvariga o‘tgandan keyin hojatxonaga borgan. U yerdan chiqayotganida esa unga zo‘ravon hujum qilgan. Erkak ayolning boshiga urgan. Keyin esa nomusiga tegib, qochib ketgan.

Ayol polisiyaga murojaat qildi. Kameralardagi tasvirlar yordamida zo‘ravon qo‘lga olindi. U 28 yoshli moskvalik bo‘lib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, u jabrlanuvchini hojatxonaga borganini, uni kirish eshigi yonida kuzatganini va hujum qilganini ko‘rib, unga ergashgan.

Zo‘rlash va jinsiy zo‘rlash moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, yaqinda erkak Moskvaning Dmitrovskiy tumanida sodir etilgan zo‘rlashda gumon qilinib hibsga olingan, ammo hdalil yo‘qligi sababli qo‘yib yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!