Messi JChlarda gol urish bo‘yicha Maradona va Ronalduni ortda qoldirdi

Messi JChlarda gol urish bo‘yicha Maradona va Ronalduni ortda qoldirdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2022 1/8 finalida Avstraliyaga qarshi o‘yinda gol urdi.

35 yoshli argentinalik futbolchi uchun bu gol jahon chempionatlaridagi faoliyatidagi 9-gol bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u jahon chempionatlarida 8 ta gol urgan afsonaviy hamyurti Diyego Maradonani ortda qoldirdi.

Argentina terma jamoasining rekordchisi - terma jamoaning sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta (10 ta gol).

Messi ayni paytda jahon chempionatida 8 ta gol urgan asosiy raqibi Krishtianu Ronalduni ham ortda qoldirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!