Medvedevning ham maoshi oshirildi

Medvedevning ham  maoshi oshirildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yil 1 oktyabrdan prezident va bosh vazirga to‘lanadigan maoshni 4,3 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

Farmon bilan Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish vazirlari, Tergov qo‘mitasi rahbari, Bosh prokuror, FQX direktori, Milliy gvardiya boshlig‘i, Tashqi razvedka xizmati direktori, FQX direktori, davlat felyegerlik xizmati direktori, Xavfsizlik Kengashi kotibi, Hukumat raisining birinchi o‘rinbosari, Markaziy saylov komissiya raisi va uning o‘rinbosarlari, inson huquqlari bo‘yicha vakilning ish haqi miqdori oshirildi.

Hujjatga asosan hukumatga ushbu harakatlarni moliyalashtirishni ta’minlash haqida topshiriq berildi.

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, maosh rejali indeksasiya qilindi.



 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!