Markaziy Osiyo davlatlari — korrupsiya eng ko‘p “gullagan” mamlakatlar safida

Markaziy Osiyo davlatlari — korrupsiya eng ko‘p “gullagan” mamlakatlar safida

Bu haqda “TRACE International” tadqiqotlarida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligi bo‘yicha qo‘shnilarimiz — Turkmaniston 194 davlat orasidan 193-o‘rinni egallagan. Shimoliy Koreya esa odatdagidek yaqqol autsayderga aylangan.

Mazkur ro‘yxatdan Markaziy Osiyo mintaqasida Qozog‘iston 123, Qirg‘iziston 130, O‘zbekiston 150 va Tojikiston 174-pog‘onalardan joy oldi.

Ushbu davlatlar antikorrupsiya borasidagi tang ahvol haqidagi ma’lumotlarga qanday “reaksiya” bildirishi (ko‘pincha “nol” munosabat bo‘ladi, bunga esa o‘rganib ham qoldik) esa muhim emas. Muhimi, institusional o‘zgarishlar emas, amalda aniq va qat’iy qadam qo‘yish qachon boshlanishida. Biz esa kutishda davom etamiz.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!