Maradona dunyoning eng kuchli murabbiyi kim ekanligini aytdi

Maradona dunyoning eng kuchli murabbiyi kim ekanligini aytdi

Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona Joze Mourinyoni jahonning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.«Shubhasiz, Mourinyo dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Har holda men uchun shunday. Gvardiolaga esa hurmat bilan qarayman, u Yoxan Kroyffdan juda ko‘p narsa o‘rgandi. Bir necha marta aytganman, Pep tiki-takani o‘ylab topmadi, uni Kroyff kashf qilgan. Hozir Gvardiola jahonning istalgan futbolchisini jamoasiga qo‘shib olish imkoniyatiga ega, ular bilan esa tiki-takada o‘ynash yanada oson bo‘ladi»,—deydi Maradona.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!