Manzuradan tez kunda yangi klip

Manzuradan tez kunda yangi klip

Betakror ovoz sohibasi Manzura yaqindagina taqdim etgan yangi taronasiga videoklip ishlamoqda.

Menga o‘rgat deb nomlangan tarona tez fursatda xonandaning muxlislari qalbidan joy olishga ulgurdi. Endi esa Manzura bu taronani videoklip bilan tomoshabinlar e’tiboriga havola etish niyatida. Trek va syujet yo‘nalishida tasvirga olinayotgan video ketma-ketlikka Dilmurod Ag‘zamov rejissyorlik qilayotgan bo‘lib, klipda iqtidorli aktrisa Yulduz Rajabova va Bekzod Abdumuxitovlar bosh rollarni ijro etishmoqda.

Manba: myday.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!