Manxettenga kirish uchuna vtomobillarga to‘lovlar joriy etiladi

Manxettenga kirish uchuna vtomobillarga to‘lovlar joriy etiladi

Shu yilning iyun oyidan boshlab Nyu-Yorkdagi Manxettenga kiruvchi avtomobillardan tirbandlikni kamaytirish maqsadida 15 dollardan yig‘im olinadi, deb xabar berdi Axios.

Shahar mutasaddilarining fikricha, bu jamoat transportini rivojlantirish va yo‘llarni ta’mirlash uchun yiliga bir milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratish imkonini beradi.

Yuk mashinalari va avtobuslar tashish hajmi va maqsadiga qarab, 24 dollardan 36 dollargacha to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Nyu-York rasmiylarining fikricha, bu chora-tadbirlar natijasida Manxettenga har kuni avvalgidan 100 ming kam mashina kiradi. Shahar aholisining kamida 60 foizi bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!