Mamlakat tarixidagi eng yirik narkotik moddalar partiyasi qo‘lga olindi

Mamlakat tarixidagi eng yirik narkotik moddalar partiyasi qo‘lga olindi

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu mamlakat tarixidagi eng yirik sanalgan narkotik moddalar partiyasi olib qo‘yilganini ma’lum qildi, deyiladi "Anadolu" xabarida.

Erzinjan viloyatida o‘tgan maxsus amaliyotda jinoyatchilar yuk mashinasidagi 1 ming 270 kilogramm narkotik musodara qilingan. Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda hammasi bo‘lib, 17 tonna geroin musodara qilinib, narkotik moddalarni tarqatishda ayblangan 1 ming 500 kishi qamoqqa olingan. 
Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!