Malayziya: "Tolibon"ni tan olmaymiz, bunga sabab yo‘q"

Malayziya: "Tolibon"ni tan olmaymiz, bunga sabab yo‘q"

Malayziya "Tolibon"ni tan olishga shoshilmayapti. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sayfuddin Abdulla ma’lum qilgan.

Borneo Post gazetasining yozishicha, Kuala-Lumpur bu borada bir tomonlama qaror qabul qilmaydi, lekin avvalo Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar pozisiyasi bilan tanishadi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozircha "Tolibon" hukumatini tan olish uchun hech qanday sabab yo‘q va uning mamlakati shoshilinch qarorlar qabul qilishni istamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!