Maktab o‘quvchilari pedofilni kutilmagan tarzda jazolashdi

Maktab o‘quvchilari pedofilni kutilmagan tarzda jazolashdi

AQShning Pensilvaniya shtatida ikki o‘quvchi qiz pedofilni kutilmagan tarzda jazoladi, deb xabar berdi «TheMorningCall». 

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli Kayl Kaster 14 va 13 yoshli qizlar bilan bolalar bog‘chasi avtoturargohida tanishgan. Biroz vaqt o‘tgach, «Snapchat» orqali 14 yoshli qizga behayo suratlar yuborgan va bunga javoban qizdan ham shunday suratlar yuborishini so‘ragan. Maktab o‘quvchilari esa Kasterni jazolashga qaror qilib, avtomobilini bermasa, suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitishgan.

Natijada 22 yoshli gumonlanuvchining o‘zi polisiyaga murojaat qilib, o‘spirinlar ustidan shikoyat qilgan va jarayon davomida barcha haqiqat oshkor bo‘lgan. Kaster hibsga olingan, ammo keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Sud majlisi 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!