Mahmud Muradovning jangi vaqti o‘zgardi

Mahmud Muradovning jangi vaqti o‘zgardi

Xabaringiz bor, ertaga Abu-Dabi shahrida UFC 257 turniri o‘tkaziladi.

Kechaning markaziy jangida Konor Makgregor Dastin Poryega qarshi bahs olib boradi. 

Ushbu jang oqshomida shuningdek hamyurtimiz Mahmud Muradov ham oktagonga ko‘tariladi. Bahsda hamyurtimizga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qiladi. 

Avvaliga ushbu jang prelimda, ya’ni taxminan soat 05:00 atrofida o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingandi. 

Ma’lumotiga ko‘ra, Mahmud Muradov ishtirokidagi jang asosiy kardga o‘tkazilgan. Bu degani, sportchimiz ishtirokidagi jang kechroq boshlanadi. UFC rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Muradov asosiy kardning ikkinchi juftligi sifatida oktagonga ko‘tariladi. Endi Mahmud ishtirokidagi jang taxminan 08:15 da boshlanadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!