Lola ikkinchi ijtimoiy loyihani tugatmoqda

Lola ikkinchi ijtimoiy loyihani tugatmoqda

Ikkinchi bor ijtimoiy loyihaga rejissyorlik qilayotgan Lola, bu safar paraolimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etmoqda.

Lola boshchiligida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Milliy Olimpiya Qo‘mitasi taklifiga binoan, paraolimpiyachilarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shiq va klip bo‘lishi kutilmoqda. Qo‘shiq xushovoz xonanda Lolaning o‘zi va «Benom» guruhi vakillari tomonidan ijro etilgan. 

Klipda bosh rollardan birini aktrisa Ra’no Shodiyeva ijro etmoqda. Rejissyorlik vazifasini Lola o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, operator Rustam Murodov xonandaning ssenariysi asosida suratga olinayotlagn video asarga opertorlik qilmoqda. Tez kunda mazkur qo‘shiq va klip keng omma ’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.

Qo‘shiq Benom» guruhi vakillari Sarvar Azimov va Komil Fozilov tomonidan ijro etilgan bo‘lib, unga suratga olinayotgan video ketma-ketlik qahramonlar liboslari ustida taniqli dizayner Hilola Sher ishlagan.

Lola Yo‘ldosheva, klip rejissyori:

«Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad - paraolimpiyadachilarimizni qo‘llab-quvvatlab, ular yolg‘iz emasliklarini histi ettirish. Menga mazkur loyiha taklifi tushgan zahoti hayolimga kelgan narsa, imkoniyati cheklangan sportchilarimizning naqadar kuchli iroda sohibi ekanligi. Ular bu yutuqlarga erishish uchun qanday qiyinchiliklardan o‘tishlari kerak bo‘lgan. Klipda professional atkyorlardan faqatgina Ra’no Shodiyeva ishtirok etgan. Qolgan obrazlarda paraolmipyadachilarning o‘zlari qatnashganlar. Mazkur klipning suratga olish ishlari juda katta miqyosda bo‘ldi. Suratga olish ishlari uzoq davom etdi. Qisqa metrajli film suratga oldik desa ham bo‘ladi. Sakkiz kun davom etgan suratga olish ishlarida butun boshli ko‘chalarni klipga mos ravishda bezatishga to‘g‘ri keldi. Klip premyera qilingach, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin».

Manba: myday.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!