Livanda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda

Livanda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda

Livanda o‘ta noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda Layf nashri.

Mamlakatning bir qator shaharlari ayni kunlarda qalin qor ostida qolmoqda. Xususan, Arsal shahrida bir necha kundan buyon yog‘ayotgan qor 30 sm.ga yetgan. Shaharga kirish va chiqish yo‘llarida harakatlar deyarli to‘xtab qolgan. Odamlar uylari atrofini, ko‘chalarni qordan tozalash ishlarini olib borishmoqda. Mamlakat poytaxti Bayrutda esa yog‘ingarchilik tufayli suv toshqini kelib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!