Liseylarda ham o‘qishlar onlayn olib boriladimi?

Liseylarda ham o‘qishlar onlayn olib boriladimi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— Akademik liseylarda faqat 1 va 2 kurs o‘quvchilari tahsil oladi. 

Akademik liseylarda, oliy ta’lim muassasalari singari bugun, 2 sentyabrdan rasman o‘qish masofaviy shaklda boshlandi. 

Akademik liseylarda ta’limni masofaviy yoki an’anaviy shaklda boshlash bo‘yicha ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilgan. Natijalar tahlil qilindi. 

Joriy yil 7 – 14 sentyabr kunlari akademik liseylarning 1 kursiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, natijalari e’lon qilinishi bilan ta’lim an’anaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirilishi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi telegram kanali va rasmiy veb-saytini kuzatib borishingiz so‘raladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!