Lag‘mon tayyorlash bo‘yicha dunyo rekordi Moskvada yangilandi

Lag‘mon tayyorlash bo‘yicha dunyo rekordi Moskvada yangilandi

Moskvada "Tyubeteyka" madaniy festivali doirasida rekord darajadagi o‘zbek lag‘moni tayyorlandi. Taom Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi.

Mashhur o‘zbek taomini pishirishga 1 tonnaga yaqin mahsulotlar ketdi — go‘sht, sabzavotlar va xamir. Uni tayyorlashga bir necha soat sarflandi. Eng qizig‘i, lag‘mon ko‘chada, maxsus qozonda o‘tin yoqib tayyorlandi.

"Interrekord" rekordlarni qayd etish agentligi eng katta o‘zbek lag‘monini registrasiya qildi – 797 kilogramm va 750 gramm. Bu Qozog‘istonda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 100 kilogrammga og‘irdir.

"Tyubeteyka" festivali tashkilotchisi  Fatima Orifjonovaning aytishicha, bunday ulkan lag‘mon kamida ming kishiga yetadi. Bundan tashqari, lag‘monning bir qismi Toshkentga yuborilib, mehribonlik uylariga tarqatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!