La Liga. Serxio Ramos «Real» tarkibida 300-g‘alabasiga erishdi

La Liga. Serxio Ramos «Real» tarkibida 300-g‘alabasiga erishdi

16 mart, shanba kuni Ispaniya chempionatining 28-turida Real Madrid o‘z maydonida Selta ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Bu Madrid klubi sardori Serxio Ramos uchun La Ligadagi 300-g‘alaba bo‘ldi. Ramos Ispaniya chempionatida mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 8-o‘rinni band qilib turibdi, deb xabar beradi Pedro Martin o‘zning Twitter dagi rasmiy sahifasida.

Ramos Sevilya tarkibida 39 ta uchrashuvda 19 ta, Real bilan birgalikda esa 419 ta bellashuvda 281 ta g‘alabaga erishdi.

Quyida La Ligada 300 tadan ortiq g‘alaba qozongan futbolchilar ro‘yxati: Manuel Sanchis va Andres Inyesta (312), Xavi (322), Raul (327), Lionel Messi (332), Andoni Subisarreta (333) va Iker Kasilyas (334).

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!