Ko‘rshapalaklar COVID-19 ning kelib chiqish manbasi bo‘lgan...mi?

Ko‘rshapalaklar COVID-19 ning kelib chiqish manbasi bo‘lgan...mi?

COVID-19 ning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyga boradigan Jahon Sog‘liqni saqlash xalqaro ekspertlar guruhi a’zosi Marion Kupmans Xitoyda import qilingan muzlatilgan oziq-ovqat bilan bog‘liq so‘nggi virus tarqalishini sirli deb topdi.

Hukumat so‘nggi oylarda mamlakatning turli shaharlarida muayyan COVID-19 kasalliklari haqida bir necha bor xabar bergan va virusni «urchishi»ni import qilingan muzlatilgan baliq mahsulot paketlarida aniqlanishi bilan bog‘lagan.

"Ha, biz bu masalani hamkasblar bilan muhokama qildik. Menimcha, bu eng sirli savollardan biri. Biz virusni yuqtirishning asosiy yo‘li havo tomchilar va aerozollar ekanligini bilamiz. SAPS misolida boshqa yo‘llar orqali yuqish hollari mavjudligini, atrof-muhit zararlangan bo‘lishi mumkinligini ham ko‘rdik. Ammo virus haqida bilganlarimizni hisobga olgan holda, virus qanday «o‘lmay qolishi» mumkinligini tushunish men uchun qiyin", dedi Kupmans Xitoyning CGTN telekanaliga bergan intervyusida.

Shuni aniq aytish mumkinki, muzlatilgan oziq-ovqat paketlari yuzasida virus uzoqroq yashashi aniq va bu ma’lumot batafsil o‘rganilishi kerak.

"Buni aniq tushunchami yoki virus aylanib yuradigan boshqa makon bormi, buni tushunish muhim. Masalan ko‘rshapalaklar COVID-19 ning kelib chiqish manbasi bo‘lgani ehtimoli ham bor",  dedi Kupmans.

Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi JSST mutaxassislari delegasiyasi tomonlar kelishuviga binoan ertaga, 14 yanvar kuni COVID-19 ning kelib chiqishini o‘rganish, olimlarni qiynayotgan o‘nlab savollarga javob topish umidida Xitoyga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

G.Xoldorova tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!