Kuchli chaqmoq o‘spirinlar o‘ynayotgan futbol maydoniga “zarba” berdi. Jarohat olganlar bor

Kuchli chaqmoq o‘spirinlar o‘ynayotgan futbol maydoniga “zarba” berdi. Jarohat olganlar bor

Shveysariyaning Sankt-Gallen kantonida ro‘y bergan kuchli chaqmoq o‘sha paytda o‘spirinlar o‘ynayotgan futbol maydoniga “zarba” berdi.

Ma’lum qilinishicha, chaqmoq avval chiroq tirgagiga tekkan va u ag‘anagach quvvat maydon bo‘ylab tarqagan.

Hodisa natijasida ikki jamoadan 14 nafar o‘spirin jarohat olib kasalxonalarga yotqizildi. Ularning barchasi 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganlardir.

Nasiba To‘xtayeva


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!