Korxona yoki tashkilot ishchisida koronavirus aniqlansa, ular korxona hisobidan davolanadimi yoki bu ko‘rsatma bekor qilinganmi?

Korxona yoki tashkilot ishchisida koronavirus aniqlansa, ular korxona hisobidan davolanadimi yoki bu ko‘rsatma bekor qilinganmi?

Barno Odilova, shtab a’zosi:

— Korxona va tashkilotlarda ish beruvchining mehnat muhofazasi va texnika xavfsizgi qoidalariga rioya qilgan holda ishni tashkillashtirmagani oqibatida  ishchi ish vaqtida turli jarohat va kasb kasalliklari  yuzaga kelsa, bunda uning davolanishi va reabilitasiya jarayoni uchun ketgan mablag‘ ish beruvchi tomonidan  qoplanishi mumkin.

 Ushbu holat ekspertlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Murojaatdagi holatda bu tibbiyot xodimi bo‘lib, u ish faolityati jarayonida kasallik yuqtirsa, unga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan respublka komissiyasining maxsus ko‘rsatmalari va tegishli me’yoriy hujjatlar mavjud.

Ammo Siz kasallikni qayerda yuqtirganingiz noaniq bo‘lgani uchun ushbu holatda ish beruvchi mas’ul emas. Shuningdek, Siz «O‘zekspomarkaz»da davlat hisobidan davolanganingizni ham unutmaslik kerak.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!