Koronavirusga qarshi Qozog‘iston vaksinasini vazir o‘zida sinab ko‘rdi

Koronavirusga qarshi Qozog‘iston vaksinasini vazir o‘zida sinab ko‘rdi

Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Asxat Aymag‘ambetov bir oydan ko‘proq vaqt oldin koronavirusga qarshi Qozog‘iston vaksinasi bilan emlangan edi. Vazir shaxsan ushbu faktni tasdiqladi. 

 «Men har kuni klinikadan oldingi tadqiqotlar natijalari bilan tanishib boryapman, test natijalari va vaksinaning samaradorligini ko‘rdim, shuning uchun o‘z vaksinamiz bilan emlanishga qaror qildim. O‘shandan beri ko‘p vaqt o‘tdi. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, kataral o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q, haroratim ham ko‘tarilmadi», - dedi Asxat Aymag‘ambetov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u KVIga qarshi vaksina ishlab chiqishning har bir bosqichida qatnashgan.

«Tadqiqotchilar yillar davomida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi ko‘plab dori-darmonlarni va vaksinalarni yaratib kelishmoqda, ular mamlakatimiz tashqarisida ham faol qo‘llanilmoqda», - dedi A.Aymag‘ambetov.

Avvalroq koronavirusga qarshi Qozog‘iston olimlari yaratgan QazCovid-in vaksinasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bugungi kunga kelib, sinov natijalari shuni ko‘rsatadiki, JSST tomonidan tartibga solinadigan barcha parametrlarga ko‘ra, ya’ni toksikligi, pirogenligi, alergenligi, immunogenligi bo‘yicha Qozog‘iston vaksina JSST va Qozog‘iston Respublikasi Davlat farmakopeyasi talablariga javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 avgustda Qozog‘iston Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti ishlab chiqqan ikkinchi vaksina ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti veb-saytida nomzod vaksina sifatida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!