Koronavirusga qaramay, Ispaniyada uy-joy narxi arzonlashmaydi

Koronavirusga qaramay, Ispaniyada uy-joy narxi arzonlashmaydi

Ispaniyada uy-joy narxi yaqin orada pasaymaydi garchi koronavirus pandemiyasi mahalliy ko‘chmas mulk bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da. Bu haqda Savills Aguirre Newman konsalting firmasi ma’lumotlariga asoslanib, EuroWeekly News xabar bermoqda.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, qisqa muddatda ko‘chmas mulk qiymatining pasayishi bo‘lmaydi, ammo hozirgi sharoitda xaridorlarga ob’ektlarni tanlashga ko‘proq vaqt sarflash imkoniyati mavjud. Ko‘pchilik chegirmalar kutmoqda, bitim tuzishga shoshilmayapti.

Shu bilan birga, Ispaniyada uy sotuvchilar shu paytgacha imtiyozlardan voz kechmoqda. Mamlakatda uy-joy narxlari barqaror: narx arzonlashishi na oldi-sotdi bozorida, na ijara sohasida kuzatiladi. Bundan tashqari, mashhur sayyohlik maskani bo‘lgan Kosta-del-Sol viloyatida, takliflar yetishmasligi sababli 2018 yildan boshlab kvartiralarni ijaraga berish narxi 20 foizga oshdi.

May oyining boshida Evropa uy-joy narxlarining keskin pasayishini bashorat qilgan edi. 2020 yil yakunlariga ko‘ra, Ispaniya, Irlandiya, Italiya va Buyuk Britaniyada mulk narxi 3-3,5 foizga tushishi mumkin. Portugaliyada pasayish 2,5 foizni, Belgiya, Fransiya va Germaniyada 1,2-1,4 foizni tashkil etadi. Ammo Shveysariyada vaziyat aksincha, bu yerda hatto 2020 yilda koronavirus pandemiyasiga qaramay, ko‘chmas mulk 0,5 foizga qimmatlashishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!