Koronavirus va grippning asosiy farqi ma’lum bo‘ldi

Koronavirus va grippning asosiy farqi ma’lum bo‘ldi

Koronavirus va grippning farqi nimada? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov javob berdi.

"Yuqish tezligida. Gripp COVID-19 ga qaraganda juda qisqa yashirin davri va juda qisqa oraliqga ega (hodisalar oralig‘idagi vaqt). 

COVID-19 virusida seriyali oraliq 5-6 kun, gripp virusida oraliq 3 kunni tashkil qiladi. Bu esa gripp COVID-19 ga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatlariga ega. 

Jamoat joyda bolalar grippni tarqatishida asosiy omil hisoblanadilar. COVID-19 da kattalarga qaraganda bolalar kamroq kasallanadilar va 0-19 yoshdagilarda uchrashi past. 

Yangi koronavirus turida quruq yo‘tal kuzatiladi (yoki ko‘p bo‘lmagan balg‘am). ORVI va grippda yo‘tal ko‘pincha nam va tumov, burunni bitishi kuzatiladi. 

COVID-19 da 15% hollarda og‘ir infeksiyalar bo‘lib, kislorod talab qilinishi va 5% kritik holat bo‘lib, o‘pka ventelasiyasi talab qilinadi. COVID-19 kritik holat va og‘ir infeksiyalar grippga qaraganda yuqori. 

COVID-19 keksa yoshlilar va yondosh kasalliklari mavjudlarda og‘ir kechishiga olib kelish xavfi mavjud. 

COVID-19 da o‘lim grippga qaraganda, ayniqsa mavsumiy grippga qaraganda yuqori. Xozirgi ma’lumotlarga qaraganda koronavirusda umumiy o‘lim koeffisiyenti 3-4%ni tashkil qiladi. Mavsumiy grippda o‘lim 0,1%dan past", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!