Koronavirus! TikTok tarmog‘i egasining bozor bahosi $100 mlrd.dan oshdi

Koronavirus! TikTok tarmog‘i egasining bozor bahosi $100 mlrd.dan oshdi

Mashhur TikTok qisqa video-servisining egasi bo‘lgan ByteDance kompaniyasining bahosi xususiy investisiyalarning so‘nggi turlarida 100-140 million dollargacha oshdi, deya xabar beradi Bloomberg.

Bu shuni anglatadiki, uning kapitallashuvi ikki yil ichida uch barobar oshdi va TikTok dunyodagi eng qimmat startap unvonini saqlab qoldi. Yangi baho ByteDance'ni HSBC va IBM kabi kompaniyalar qatoriga olib chiqdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ByteDance yil boshida IPO'ga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Biroq o‘shanda kompaniya moliyaviy holati talab darajasida emas edi. Hozir esa uni Softbank, General Atlantic va Sequoia kabi gigantlar qo‘llab-quvvatlamoqda.

ByteDance TikTok'dan tashqari Douyin va Toutiao yangiliklar xizmatlariga egalik qiladi. Uning oylik auditoriyasi 1,5 mlrd. faol foydalanuvchilardan tashkil topgan. O‘tgan yili u Indoneziya va Hindistonda yangi musiqa xizmati Resso'ni sinab ko‘rgan edi. Resso ushbu mamlakatlarda allaqachon Spotify va Apple Music xizmatlarining jiddiy raqibiga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!