Koronavirus! Prezident vaksina yaratgan odamga million dollar va’da qildi

Koronavirus! Prezident vaksina yaratgan odamga million dollar va’da qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina yaratgan odamga million dollar va’da qildi, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining o‘rinbosari, mamlakatning bosh sanitar shifokori Viktor Lyashko.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada jami 2777 ta COVID-19 kasalligi qayd etilgan, 83 kishi vafot etgan, 89 bemor davolangan.

"Men sizga bir sirni aytaman. Prezident mendan bizning akademiklarimizga xat yozishni so‘radi va agar kimdir vaksina yoki dori ixtiro qilsa, bilmayman qaysi fonddan, ammo kamida million. dollar oladi", — dedi Lyashko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!