Koronavirus: Italiyada o‘lim soni oshib ketdi

Koronavirus: Italiyada o‘lim soni oshib ketdi

Italiyada koronavirus tufayli kelib chiqqan COVID-19 pnevmoniyasidan vafot etganlar soni 13 mingdan oshdi.

Bu haqda Italiya Fuqaro mudofaasi rahbari Anjelo Borrelli ma’lum qildi.

O‘lganlar soni kuniga 727 ga ko‘paygan va umumiy hisobda 13155 ni kishini tashkil etgan. 110,5 ming kishi esa virusni yuqtirib olgan.

Shu bilan birga, Borelli Italiya vaziyatni asta-sekin barqarorlashtirayotganini ta’kidladi. Xususan, qayd etilishicha, kunlik o‘lim soni asta-sekin kamaymoqda.

Ayni damda Italiya koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardan biridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!