Koronavirus: Italiyada tungi komendantlik soati joriy etildi

Koronavirus: Italiyada tungi komendantlik soati joriy etildi

Italiya Bosh Vaziri Juzeppe Konte mamlakatda koronavirus tarqalishi avj olgani uchun 5 noyabr soat 22:00 dan boshlab butun mamlakatda tungi komendantlik soati joriy qilinishi haqidagi qarorga imzo chekdi. Shuningdek, Bosh Vazir yana bir qancha cheklovlarni e’lon qilishi kutilmoqda. Ushbu yangi qoidalar 3 dekabrga qadar joriy qilinadi.

Xabarlarga ko‘ra, epidimiologik vaziyatga binoan Italiyaning 20 ta hududi uch guruhga, ya’ni, qizil, sariq va yashil hududlarga bo‘linadi. Virus tarqalishining xavfi eng yuqori bo‘lgan hududlar qizil rang bilan belgilanadi.

Italiya hukumati COVID-19 ga qarshi kurashda hududlarni alohida ajratish uslubini tanladi. Chunki, odamlar o‘tgan haftada bir necha bora cheklovlarga, xususan, bar va restoranlarning yopilishiga qarshi namoyish uyushtirgandi. Yevropaning boshqa mamlakatlari, masalan, Irlandiya, Fransiya va Angliyada butun mamlakat bo‘ylab lokdaunlarni joriy qilishgan.

Italiya payshanbadan boshlanadigan komendantlik soati 22:00 dan 5:00 gacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!