Kobuldagi o‘quv markazida sodir etilgan portlashda 24 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida talabalar ham bor

Kobuldagi o‘quv markazida sodir etilgan portlashda 24 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida talabalar ham bor

24 oktyabr shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida joylashgan “Kavsari Donish” nomli o‘quv markazida sodir etilgan xudkush portlashi 24 kishining o‘limi va 57 kishining jarohat olishiga sabab bo‘ldi. Qurbonlar orasida o‘smir yoshdagi o‘quvchilar ham mavjud.

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Toriq Arianning xabar qilishicha, xavfsizlik kuchlari o‘zini portlatgan odamning shaxsini aniqlashgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida esa qurbonlarning ko‘pchilik qismi 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan talabalar ekanini ma’lum qilingan.

“Markazimizdagi barcha o‘quvchilar bilimga chanqoq bo‘lib, ularning ko‘pchiligi yaxshiroq kelajakni qurishga umid qilayotgan kambag‘al oila farzandlari edi” deydi “Kavsari Donish” o‘quv markazining o‘qituvchilaridan biri. U xavfsizligini o‘ylab o‘zining ismini oshkor qilishni xohlamagan.

Tolibon mazkur hujumni o‘zi uyushtirganini rad etdi. ISHID telegram orqali ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan. Lekin, ISHID bunga dalillarni ko‘rsatmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlangandi. Tomonlar haligacha mazkur muzokaralarni davom ettirishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!