Kinofestivalning faxriy mehmonlari maxsus mukofot bilan taqdirlanishdi

Kinofestivalning faxriy mehmonlari maxsus mukofot bilan taqdirlanishdi

Kecha "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘z ishini yakunladi. O‘zbekfilmda taniqlilar ishtirokida festivalning yopilishi hamda "Kino 5 kunda" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmonlari yaponiyalik ijodkor Takeshi Kitano hamda

Kshishtof Zanussilar ham festival maxsus mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Ijodkorlar "Jahon kinematografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun" nominasiyasi bo‘yicha sovrindor bo‘lishdi.

"Kino 5 kunda" tanlovida esa 1-o‘rin O‘zbekiston, 2-o‘rin Qirg‘iziston ham 3-o‘rin Kanadaga nasib qildi va yosh kinoijodkorlar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!