Kinematografiya agentligi direktori Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Kinematografiya agentligi direktori Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Kecha, 22 may kuni Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov, Agentlik direktor o‘rinbosarlari Shuhrat Rizayev va Alisher Xo‘jayev, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Sayyora Xudoyberdiyeva, Badiiy Kengash a’zosi Rustam Jabborovdan iborat delegasiya Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘ldi.

Agentlik rahbari Favqulodda va muxtor elchi Muhammadali Iskandariy janoblari bilan uchrashuvda Eron shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

— Eron Islom Respublikasi Prezidenti, janob Ibrohim Raisiy, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va boshqa yuksak lavozimdagi shaxslarning fojiali vafoti munosabati bilan Kinematografiya agentligi nomidan Sizga, Siz orqali do‘st va birodar Eron xalqiga o‘z hamdardligimni bildirishga ijozat bergaysiz, — dedi Firdavs Abduxoliqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!