Tovar realizasiyasi uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi?

Tovar realizasiyasi uchun xaridordan qabul qilingan bo‘nak (avans) onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi?

Agar tovarni jo‘natish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga bo‘lgan mulk huquqi xaridorga o‘tkazilgan kun tovarlarni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana hisoblanadi.

Xaridor mahsulotning to‘liq qiymati miqdorida bo‘nak (avans) to‘lovlarini amalga oshirgandan keyingina uni oladi. Shuning uchun, sotuvchi xaridordan tovarga bo‘nak olganda oldindan to‘lov miqdori uchun chek beradi. Bunda, onlayn-NKM va virtual kassada “Bo‘nak” chek turi va tovarning to‘liq qiymatidan xaridor tomonidan to‘langan qismi ko‘rsatilishi lozim. Bunday cheklarda QR-kod va fiskal belgi shakllantirilmaydi.

Xaridor yakuniy to‘lovni amalga oshirganda, onlayn-NKM va virtual kassa chekida tovarning to‘liq qiymati ko‘rsatiladi, belgilangan tartibda QR-kod va fiskal belgi shakllantiriladi. Bunday holda, xaridor tomonidan sotib olingan tovarning to‘liq qiymati soliq hisobotida aks ettiriladi.

Onlayn-NKM va virtual kassada ko‘rsatilgan chek turlari my3.soliq.uz saytidagi soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetining tegishli bo‘limida ham aks etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!