Mbappe Polshaga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?

Mbappe Polshaga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Killian Mbappe Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatining 3-turida Polsha bilan o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda RMC Sport internet nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, terma jamoa bosh murabbiyi Didye Desham 2-turda Niderlandiya bilan o‘yindagi tarkibga o‘zgartirish kiritib burni singan futbolchini maydonga tushirishi mumkin.

Mbappe Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Avstriya bilan o‘yinda burnini sindirib olgandi.

25 iyun, seshanba kuni fransuzlar Polsha bilan Yevro-2024 guruh bosqichining so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!