Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurishni boshladi

Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurishni boshladi

Ko‘plab e’tirozlarga qaramay, Jizzaxdagi Tuzkon ko‘li yaqinida Rossiya loyihasi asosida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlandi. Bu haqda "Orda" nashri Qozog‘iston energetika vazirligiga tayanib, xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AES quriladigan hududda Qozog‘istonning Chimkent va Turkiston viloyatiga qaraganda uch milliondan ko‘proq odam yashaydi.

Loyiha O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 2017 yildan beri muhokama qilinadi. Nihoyat 2019 yilda Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydoncha tanlangan. Bu yerda katta AESdan tashqari, umumiy quvvati 330 MVt bo‘lgan kichik modulli reaktorlar qurish ham rejalashtirilgan. Rosatom loyihaning bosh pudratchisi bo‘lib, unga O‘zbekiston kompaniyalari ham yordam beradi.

"So‘rovimizga javoban Qozog‘iston energetika vazirligi AESdan radioaktiv moddalar oqib chiqmasligiga ishontirdi", deyiladi xabarda.

Qurilishda Rossiyaning RITM-200N reaktoridan foydalaniladi. Ushbu reaktor dengiz texnologiyasidan yerda foydalanish uchun moslashtirilgan – 190 MVt issiqlik quvvatiga va 55 MVt elektr quvvatiga ega bo‘lib, 60 yilgacha xizmat qiladi. RITM-200 reaktorlari Rossiya sovutish tizimida ishlaydi.

"Reaktor xavfsizligi avariyalarning oldini oladigan murakkab himoya tizimlari bilan ta’minlanadi", –deya qo‘shimcha qilgan vazirlik bo‘limi.

Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni, Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurishdagi hamkorlikka oid hukumatlararo bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

O‘z navbatida, “O‘zatom” agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” DUK va “Rosatom” tuzilmasidagi “Atomstroyeksport” AJ injiniring kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha shartnoma tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!