Xitoy kompaniyalari bilan loyihalar amalga oshiriladi

Xitoy kompaniyalari bilan loyihalar amalga oshiriladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi hudud delegasiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.

Galdagi manzil Xanchjou shahridagi “ DA SONG GROUP” korxonasi bo‘ldi. Mutaxassislar ishtirokidagi uchrashuvda tomonlar “ Nurafshon Business City”ning 6 gektar maydonida 18 qavatli zamonaviy uy-joy va avtoturargoh qurilishiga kelishildi. Shuningdek, “ HIKVISON” tashkilotiga tashrif doirasida esa videokuzatuv kameralari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik takliflari ishlab chiqildi.

Delegasiya oldiga qo‘yilgan vazifalar ijobiy hal etilmoqda. Xususan, Toshkent viloyati tuman-shaharlarida Xitoy korxonalari bilan hamkorlikda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Quyi Chirchiq tumanida “ZHANG JUNCHAO” korxonasi bilan hududda 2 million dollarlik trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Piskent tumaniga esa Shandun provinsiyasi Benxay tumanida joylashgan “LEDUOSHOU” korxonasi 30 million dollarlik investisiya kiritishi hisobiga qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mineral o‘g‘itlar (pestisidlar) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. “Kaiga Biotexnologi &” korxonasi bilan mazkur tuman hududida chorva hayvonlari uchun ozuqa yem ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Angren shahrida “Shandong Tongyi ceramic technology Co., Ltd” korxonasi tomonidan sun’iy dekorativ tosh ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 10 million dollar bo‘lgan loyiha amalga oshiriladi.

Yuqori Chirchiq tumani mas’ullari “CENTER (XINJIANG) NETWORK TECHNOLOGY Co.LTD” yirik korxonasi bilan “Glazurlangan plitkalar” (kafel) ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha muzokara olib bordi. Bu kabi loyihalar juda ko‘p.

Delegasiyaning safari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!