Yuklarda tafovut aniqlandi

Yuklarda tafovut aniqlandi

Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJlardan birining nomiga yuborilgan yuklar viloyat bojxona boshqarmasining “Xo‘jadavlat” chegara bojxona postida tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Dastlab temir yo‘l chegara bojxona postiga kirib kelgan vagonlarning rentgen tasvirlari hamda yuk kuzatuv hujjatlari tahlil etildi. Tasvirlar va hujjatlar o‘rtasida yuzaga kelgan tafovut esa, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatdi.

Xolislar ishtirokida amalga oshirilgan bojxona ko‘rigida esa, yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan ko‘p qavatli binolar qurilishida foydalaniladigan yig‘ma narvonlar borligi aniqlandi.

Hozir umumiy qiymati 300 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!