Ro‘za Qo‘ziyeva jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Ro‘za Qo‘ziyeva jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauyerlifting bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun ayollar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Ro‘za Qo‘ziyeva umumiy 381 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natijadan so‘ng, O‘zbekiston delegasiyasining jahon kubogidagi medalarri soni 4 taga yetdi – 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!