Toshkentda 2 avgustgacha isitish tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

Toshkentda 2 avgustgacha isitish tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi Veolia Energy Tashkent matbuot xizmatiga tayanib Daryo nashri.

Qayd etilishicha, 20 iyundan 2 avgustgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) o‘tkaziladi. Sinov ishlari issiq suv ta’minotini o‘chirmasdan amalga oshiriladi.

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi, issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolaridagi yurtdoshlarimizdan e’tiborli va ehtiyot bo‘lish so‘raladi.

Nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda isitish mavsumi 26 martdan yakunlangan edi. 2023 yil yakuniga ko‘ra, yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari 1,5 baravarga, byudjet muassasalari uchun esa 1,6 barobarga oshgandi. O‘shanda aholi uchun tarif o‘zgarishsiz qolgandi, Veolia Energy kompaniyasining issiqlik ta’minoti uchun bazaviy tarifi 67,3 foizga — 664 465 so‘mga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!