Messi eng ko‘p jahlini chiqargan futbolchi kimligini aytdi

Messi eng ko‘p jahlini chiqargan futbolchi kimligini aytdi

“Inter Mayami” sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi “Barselona”dagi uzoq yillik faoliyatini eslab, Yevropada to‘p tepgan paytda eng ko‘p jahlini chiqargan futbolchi nomini aytdi.

- Serxio Ramos bilan juda ko‘p janjallashganmiz. U mening jahlimni eng ko‘p chiqargan futbolchi edi. Keyin u bilan bir jamoada o‘ynadik.

Biroq “el klasiko”larda doim bir birimiz bilan urishib ketardik. Chunki “el klasiko”lar katta bosim ostida o‘tardi, - dedi Lionel Messi.

Serxio Ramos o‘z davrida “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real”ga sardorlik qilgan.

Keyinchalik har ikki yulduz PSJda ikki yil davomida birga to‘p tepdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!