Kimlarga tarvuz iste’mol qilish mumkin emas - shifokor javobi

Kimlarga tarvuz iste’mol qilish mumkin emas - shifokor javobi

Shifokor–parhezshunos: bir yoshga to‘lmagan bolalarga tarvuz mumkin emas

Shifokor–parhezshunos Viktoriya Yegorovaning aytishicha, bir yoshga to‘lmagan bolalarga tarvuz iste’mol qilish mumkin emas. Shuningdek, uni ko‘p iste’mol qilish oshqozon-ichak trakti bilan muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

“Tarvuz- yuqori glikemik indeksli mahsulot. Shu sababli uni bir kunda 500 grammdan ko‘p iste’mol qilmaslik kerak. Bu 3-4 bo‘lak degani. Me’yoridan ortiq yeyish esa moddalar almashinuvi va oshqozon-ichak trakti bilan muammolarga olib keladi. Uni bir yoshga to‘lmagan bolalarga berish tavsiya etilmaydi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa bir kunda 50-80 gramm iste’mol qilishlari mumkin. Tarvuz desert va yengil tanovul uchun yaxshi meva” , - deydi Yegorova.

Mutaxassisning aytishicha, tarvuzning foydasi va zarari uning qanday yetilgani, qancha iste’mol qilinganiga bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!