Karantin davrida harbiy texnikalarning jalb qilinishidan ko‘zlangan maqsad nima?

Karantin davrida harbiy texnikalarning jalb qilinishidan ko‘zlangan maqsad nima?

Bugun AOKA shtabida Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Quyida brifing davomida muhim savollarga qaytarilgan javoblar taqdim etiladi.

❓Karantin davrida harbiy texnikalarning jalb qilinishidan ko‘zlangan maqsad nima?

❗️Har kuni poytaxtimiz ko‘chalarida, viloyat va tuman markazlarida, aholi yashash punktlarida fuqarolarni karantin qoidalariga rioya qilishlari, besabab ko‘chalarga chiqmasliklari bo‘yicha harbiy texnikalar yordamida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot ishlariga jalb qilingan BRDM-2 zirhli texnika bazasidagi ZS-82 ovoz uzatkichli moslama aynan TARG‘IBOT va munozaralar o‘tkazishga mo‘ljallangan. Uning ovoz uzatish quvvati 6 km masofagacha yetadi. Shahar va aholi yashash punktlarida har bir ko‘chaga kirib-chiqish kabi ishlarni YENGILLASHTIRISh maqsadida ushbu texnikalar jalb qilinmoqda.

Aholi o‘rtasida vahima va sarosima gaplar tarqalishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, ko‘chalarda milliy armiyaning harbiy texikalari va harbiy xizmatchilarining harakatlanishini turli xil muhokamalarga va vahimalarga yo‘yish O‘RINSIZ.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!