"Kalmarlar o‘yini" seriali plagiatmi? Hindistonlik rejissyor Netflixni sudga berdi

"Kalmarlar o‘yini" seriali plagiatmi? Hindistonlik rejissyor Netflixni sudga berdi

Hindistonlik kinorejissyor Soham Shoh Netflix striming platformasi ustidan sudga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi tomonidan suratga olingan Janubiy Koreyaning "Kalmar o‘yini" seriali uning "Fortuna" (Omad, 2009) hind filmining plagiatidir.

Da’vo Nyu-York federal sudiga yuborilgan. Bloomberg nashridan iqtibos keltirgan holda da’vo arizasida aytilishicha, "Kalmarlar o‘yini"ning asosiy syujeti, personajlari, mavzulari, atmosferasi, voqealar rivoji va ketma-ketligi "Fortuna" filmiga juda o‘xshash bo‘lib, bunday o‘xshashliklar tasodif bo‘lishi mumkinligiga ishonib bo‘lmaydi", — deyiladi da’vo arizasida.

Netflix vakili bu ayblovlar asossiz ekanini aytdi. Kompaniya o‘z huquqlarini "qat’iy himoya qilish" niyatida.

2022 yilda "Kalmarlar o‘yini" yirik Emmi mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi xorijiy dramatik serialga aylandi. Serial ishga tushirilganidan keyin bir necha oy davomida Netflixdagi eng mashhurlaridan biri bo‘lib qoldi. Ikkinchi fasl 2024 yil oxirida, oxirgisi 2025 yilda chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!