Jinoyat ishida himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan holatlar kengaytirildi

Jinoyat ishida himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan holatlar kengaytirildi

Qonun bilan Jinoyat prosessual kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

➖ shaxs amalda ushlangan yoki uni ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri yakunlangan paytdan boshlab, u bilan bog‘liq prosessual harakatlar amalga oshirilgunga qadar himoyachi bilan xoli uchrashishi ta’minladi;

➖ tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi organlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan arizalar, tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar olish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud’yaning yozma ruxsatiga asosan faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi (himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno). 

⏰ Shuningdek, Jinoyat prosessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan 48 soatni tashkil etadi (ilgari ushbu muddat shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan vaqtdan boshlab hisoblangan).
 
🔰 Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan holatlar toifasiga quyidagilar kiritildi: 
➖dastlabki eshituv o‘tkalayotgan ishlar;
➖ o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar;
➖ shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotgan;
➖ aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!